Ishchi xodimlarga 3 trillion 880,2 milliard so‘mlik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lab berilgan
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarga ish haqi to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha zaruriy ishlarni amalga oshirmoqda.
Ushbu muhim vazifalar ijrosini to‘laqonli ta’minlash maqsadida G‘aznachilik bilan byudjet tashkilotlari o‘rtasida onlayn ravishda ma’lumotlar almashinuvi tizimli yo‘lga qo‘yilgan.
Joriy yilning 9 dekabr kuniga G‘aznachilik tomonidan byudjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi xodimlarning byudjet mablag‘lari hisobidan noyabr oyi ikkinchi yarmi uchun jami 3 trillion 880,2 milliard so‘mlik (98 foiz) ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lab berildi.
Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalarida byudjet tashkilotlari tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun yakuniy hisob-kitoblar bo‘yicha taqdim etilgan so‘rovnomalarga asosan to‘lab berilishi ta’minlanmoqda.
O‘zA