Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishchi xodimlar o‘rtasida sport musobaqasi
20:18 / 2022-08-25

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvining 2022 yil 12 avgustdagi “Mahalla” fondi bo‘lim va bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirokida o‘tkazish rejalashtirilgan sport o‘yinlari ijrosini bajarish maqsadida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida “Mahalla” fondi Qashqadaryo viloyati bo‘lim boshqaruvi tomonidan Qarshi shahrida sportning darts, arqon tortish, voleybol, badminton, stol tennisi bo‘yicha sport o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Sport o‘yinlarida viloyatning barcha tuman shaharlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etdi. Tadbir davomida faol ishtirok etgan xodimlarga viloyat bo‘limining esdalik sovg‘alari topshirildi.

– Sport bilan shug‘ullanish foydali mashg‘ulot ekanini bilamiz, lekin doim ham unga amal qilavermaymiz, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati bo‘limi boshqaruvi raisi Nurali Mahmatov. – Ayniqsa davlat xizmatchilari. Shu bois tizimda ishlayotgan xodimlar o‘rtasida ommaviy sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil qilishni reja qilib oldik va muntazam o‘tkazib kelyapmiz. Maqsad ishchanlik kayfiyatini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.

O‘lmas Barotov, O‘zA.