Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishchi guruh Uchqo‘rg‘on tumanida dala yumushlarini o‘rgandi
12:54 / 2024-01-06

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan qishki yumushlarni nazorat qilish maqsadida tuzilgan ishchi guruh Uchqo‘rg‘on tumanida o‘rganish olib bordi. 

Viloyat ishchi guruhi tumanning Qo‘g‘ay mahallasida joylashgan “Textile Finance Namangan” MCHJ xorijiy korxonasi ustaxonasida 2024 yil hosili uchun bahorgi dala ishlarida qatnashadigan qishloq xo‘jaligi texnikalarini mavsumga tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

[gallery-15340]

Ta’kidlash joiz, ayni paytda tumanda bahorgi dala ishlarini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish uchun 231 ta chopiq traktori, 70 ta purkagich (OVX), 108 ta chigit ekish seyalkasi, 2 ta lazerli yer tekislagich hamda boshqa turdagi texnika va agregatlar mavjud bo‘lib, ularni ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilgan.

Ishchi guruh a’zolari qishloq xo‘jaligi texnikalarini ko‘zdan kechirib, kamchiliklarini to‘g‘rilash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA