Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishchi guruh test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binolarni o‘rgandi
16:58 / 2024-07-10

Mamlakatimizda 2024-2025 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi.

Test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, binolarda abituriyentlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish va kamchiliklarni joyida bartaraf etish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tarkibi bugun Sirdaryo viloyatidagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida bo‘ldi.  

Ishchi guruhi tomonidan test sinovlari bo‘lib o‘tadigan hudud va binodagi tayyorgarlik holati, qurilish ishlari, abituriyentlar uchun yaratilgan sharoitlar, ota-onalar va keng jamoatchilik uchun kutish joylari ko‘zdan kechirildi va bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha mas’ul rahbarlarga takliflar berdi.  

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev bino atrofidagi obodonlashtirish, qurilish va kommunikatsiya ishlarini qisqa muddatda to‘liq yakunlash va binoni foydalanishga topshirish choralarini ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.  

Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri