Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishchi guruh o‘rganishlari davom etmoqda
16:19 / 2026-01-23

Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.To‘xtaboyev rahbarligida tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyati hududida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan dolzarb chora-tadbirlarning ijrosi, ularning samaradorligi hamda amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi har tomonlama o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida “O‘zagrolizing” AJning Buxoro viloyati filialiga keltirilgan yangi turdagi chigit ekish uskunalari ko‘zdan kechirildi. Ularning texnik imkoniyatlari, ishlab chiqarish samaradorligi, tejamkorligi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligini oshirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “Buxoro agroklaster” MCHJ tasarrufidagi plyonka ishlab chiqarish sexining faoliyati, Jondor va Qorako‘l tumanlarida g‘alla parvarishi bo‘yicha olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, shuningdek, To‘dako‘l va Tozako‘l suv omborlarida suv jamg‘arish ishlarining holati o‘rganilib, mavjud muammo va kamchiliklar aniqlandi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, mas’ul tashkilotlar va mansabdor shaxslarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni belgilangan talablar asosida tashkil etish, qishloq xo‘jaligi sohasida samaradorlikni yanada oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.