French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishchi guruh maktablardagi isitish tizimlari ahvoli, davomat va ish bilan ta’minlash masalalarini o‘rgandi
18:42 / 2020-11-23

Andijon viloyati Marhamat tumanida umumta’lim maktablaridagi isitish tizimlarining bugungi ahvoli, 11-sinf bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinishi va bandligini ta’minlash natijalari hamda davomat masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Viloyat Ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga asosan tashkil etilgan tadbirda sektor rahbarlari, umumta’lim maktablari direktorlari, ularning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etdi. Tadbirda ko‘rilgan masalalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

– Yakunlangan o‘quv yilida tumandagi umumta’lim maktablarining 11-sinfini 2 ming 337 nafar o‘quvchi tamomladi, – deydi tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Oliyaxon Abduvohidova. – Ulardan 459 nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi. 954 nafari ishga joylashtirildi, 369 nafariga egallagan hunari yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun kredit mablag‘lari ajratildi.

[gallery-136]

Yig‘ilishda tuman hokimi Boburjon Yuldoshev, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Mirkomilov, Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Ortiqali Husanov va boshqa mutasaddilar tomonidan, ayniqsa, bugungi sovuq kunlarda maktablar isitish tizimini bir maromda ishlashini ta’minlash, o‘quvchilar davomatini yaxshilash, umuman, mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.

Tadbirda ta’kidlangan yo‘nalishlardagi ishlarni tizimli olib borish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.

F.UBAYDULLAEV, Z.UMRZOQOV (surat), O‘zA