Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishchi guruh jarayonlarni o‘rgandi
11:59 / 2025-11-25

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi rahbari Farhod Ortiqov boshchiligidagi ishchi guruh Sharof Rashidov tumanida joylashgan “BMB NRC Agrologistics” MCHJ QQga qarashli bojxona omborida qishloq xo‘jaligi texnikalarining rasmiylashtirilishi va bojxona ko‘rigidan o‘tkazilishi jarayonlarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida xorijdan olib kelingan, qiymati salkam 80 ming AQSH dollariga teng tovarlarning omborda saqlanishi, belgilangan tartibda joylashtirilishi va bojxona ko‘rigidan o‘tkazish talablari asosida rasmiylashtirilishi jarayonlari atroflicha tekshirildi. Bu tadbir tadbirkorlarga qonunchilik talablari doirasida mahsulotlarini tez va qulay tarzda rasmiylashtirish imkonini yaratadi.

Shuningdek, xalqaro yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning bojxona nazorati borasidagi fikrlari tinglandi. Bu ham tadbirkor va haydovchilar uchun amaldagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri