Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishchi guruh g‘o‘za parvarishi holatini o‘rgandi
17:22 / 2025-07-12

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi ishchi guruh "G‘o‘za parvarishida zarbdor 60 kunlik" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Norin tumaniga tashrif buyurdi. 

Jarayonda rivojlanishdan orqada qolayotgan g‘o‘za maydonlarini aniqlash va agrotexnik tadbirlarni kuchaytirishga e’tibor qaratildi. Xususan, "Paxtakor" MMTP hududidagi "Vodiy baraka klasteri"ga qarashli fermer xo‘jaligi, "Norinkapa" MMTP hududidagi "Norinlik Obitlar bo‘stoni", "Dilmurod o‘g‘illari Javlon Mavlon", "Oq oltin" MMTP hududidagi "Norinlik G‘ayratjon" va boshqa fermer xo‘jaliklarida kultivatsiya, o‘g‘itlash va zararkunandalarga qarshi kurash tadbirlari muvofiqlashgan holda amalga oshirilayotgani o‘rganildi.

[gallery-24281]

Viloyat rahbari mutasaddilarga chekanka va sug‘orishni talab darajasida bajarish, mahalliy o‘g‘it bilan oziqlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Ishchi guruh tumandagi o‘rganishlari davomida Hajintoli mahallasida bo‘ldi. Hududda olib, borilayotgan keng qamrovli obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, aholi bilan suhbatlashildi. 

2150 nafar aholi yashaydigan mazkur mahallada so‘nggi yillarda infratuzilma rivojlanib, aholi turmush darajasi yaxshilanmoqda. 

Hokim nuroniylar bilan muloqot davomida hududda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi, aholi muammolari va kayfiyati bilan qiziqdi. Otaxon va onaxonlar keyingi yillarda joylarda yuz berayotgan o‘zgarishlardan mamnun ekanligini bildirdi. 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA