Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishchi guruh G‘ijduvonda
15:19 / 2022-10-22

Buxoroda Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi ishchi guruhi tomonidan reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganishni G‘ijduvon tumanida davom ettirdi.

Senatning Gender tengligi va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi, ishchi guruh rahbari, senator Abira Huseynova G‘ijduvon tumanlararo perinatal markazida homilador ayollar, chaqaloqlar va ularning yaqinlariga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Markaz qoshida kasallarning qarindosh urug‘lari uchun yangidan qurilgan zamonaviy kutish zalida bo‘lib, aholi bilan suhbatlashdi. 

 

G‘ijduvon  tumani  tug‘ruq  kompleksi 1986 yil 16 apreldan  ish faoliyatini boshlagan.  Tug‘ruq  kompleksi 3 qavatli binoda joylashgan bo‘lib, 125 o‘rindan iborat. Asosiy  binoning 1-qavatida  qabulxona, zararsizlantirish bo‘limi, I- akusherlik va neonatologiya  bo‘limlari joylashgan.   2-qavatda   II- akusherlik bo‘limi, tug‘ruq zallari, 3-qavatda   homiladorlik   patologiyasi bo‘limi va kattalar  reanimatsiyasi  bo‘limi faoliyat yuritmoqda.  

Qabulxona  bo‘limiga murojaat qilgan  har bir homilador  ayol birlamchi  tekshiruvdan  o‘tkaziladi. Natijada tegishli  bo‘limga yo‘llanadi.  

Qabulxona  shoshilinch yordam  ko‘rsatishga  mo‘ljallangan tibbiy asbob – uskunalar  bilan jihozlangan.  

– Neonatologiya bo‘limi 30 o‘ringa mo‘ljallangan ona va bola birga bo‘lishlari uchun sharoitlar mavjud,  – deydi Tug‘ruq  kompleksi bo‘lim mudiri A.Xudoyberdiyev. – Bo‘limda  chaqaloqlarni  intensiv  davolash  palatasi ham bor. Buning uchun  nafas buzilishi sindromida ishlatiladigan  “SIPAP” sun’iy nafas berish apparati,  shuningdek, kislorod berishning turli xil usullarida ishlatiladigan  tibbiy uskunalar mavjud. Kam va o‘ta kam (1000 grammdan kam) tana vaznli chaqaloqlarni parvarish qilish uchun barcha sharoitlar, standartlar bo‘yicha davolash uchun  dozatorlar, issiqlik rejimini saqlash uchun stollar, mexanik va elektr bilan ishlaydigan  so‘rish  apparatlari, fototerapiya  o‘tkazish  uchun  apparatlar  mavjud.  

I – II – akusherlik bo‘limlari 55 o‘ringa mo‘ljallangan. Alohida  5 tadan  tug‘ruq  zallari  va tug‘ruqdan keyingi  xonalar mavjud .Tug‘ruq  zallari  zamon talablariga mos  jihozlar va apparaturalar bilan  jihozlangan.  Reanimatsiya  va  intensiv  davolash  bo‘limi  6 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘limda  homiladorlikning og‘ir asoratlarida, operatsiyadan keyingi dastlabki davrda intensiv davolash olib boriladi. Laboratoriya   bo‘limida  to‘liq bioximik, klinik  tekshiruvlar  o‘tkaziladi.  

Ishchi guruh rahbari, senator Abira Huseynova G‘ijduvon tumanlararo perinatal markazidagi muammolarni o‘rgandi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga tavsiyalar berildi.  

 

Zarif Komilov, O‘zA