English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishchi guruh Boʻstonliqda atrof-muhit muhofazasi boʻyicha reyd oʻtkazmoqda
07:13 / 2020-07-08

Bu ishlarni oʻz vaqtida va samarali tashkil etish uchun 2 ta avtoyuklagich, 5 ta samosval va 5 ta chiqindi tashish texnikasi jalb etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi ishchi guruhi Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida reyd tadbirlarini oʻtkazmoqda. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati maʼlum qildi.

Bundan koʻzlangan maqsad ushbu hududda biologik xilma-xillikni muhofaza qilish, brakonerlikka qarshi kurash, noqonuniy chiqindixonalarning yuzaga kelishi, noqonuniy qum-shagʻal qazish, sanoat hamda ishlab chiqarish korxonalari faoliyati, noqonuniy supalarning (tapchan) qurilishi va boshqa atrof-muhitni muhofaza qilish qonunchilik talablarining buzilish holatlarini bartaraf etishga qaratilgan.

Ayni chogʻda 55 nafar mutaxassisdan iborat ishchi guruh Gʻazalkent koʻprigidan – Tibet – Arnasoy – Chimyon yoʻnalishi, Gʻazalkent (trassa) – Xojikent (Bochka) – Xumsonbuloq yoʻnalishi, Chorvoq (Piramida) – Yusufxona yoʻnalishi, Gʻazalkent – Oqtosh yoʻnalishi va Sijjak – Nanay – Burchmulla – Koʻksuv – yoʻnalishi boʻyicha holatlarni oʻrganmoqda.

Bu ishlarni oʻz vaqtida va samarali tashkil etish uchun 2 ta avtoyuklagich, 5 ta samosval va 5 ta chiqindi tashish texnikasi jalb etilgan.

Reyd natijasiga koʻra, Chorvoq suv ombori muhofaza mintaqasida noqonuniy oʻrnatilgan 8 ta supa, Chorvoq hududida “Sogʻbon” ovqatlanish shoxobchasi atrofida, shuningdek, Yusufxona qishlogʻi hududidagi “Navroʻz” dam olish maskani atrofi suv muhofaza mintaqasida yuzaga kelgan noqonuniy chiqindixona aniqlandi va mavjud muammo bartaraf etildi. Huquqbuzar shaxslarga qonunda belgilangan tartibda choralar koʻrildi.