Ishchi guruh BMTTD ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarni ishlab chiqadi
Yaqinda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda tomonlar mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarga xususida so‘z yuritar ekan, bu jarayonda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash amaliy ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
Agentlik axborot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda hokim yordamchilari instituti va agentlik funksional salohiyatini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shma harakatlar yo‘nalishlari ko‘rib chiqilib, aniq rejalar belgilanib olindi.
Tadbir yakunida ikki tomonlama ishchi guruh tashkil etish taklifi ma’kullandi. Ishchi guruh tadbirkorlik sohasida raqamlashtirish, gender va aholini tadbirkorlikga jalb qilish sohalaridagi BMT Taraqqiyot dasturi ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarni ishlab chiqadi.
O‘zA