Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishbilarmonlik muhiti yaxshilanmoqda
12:24 / 2017-03-14

Andijonda “Qulay biznes muhiti – tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishning muhim omili” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Andijonda “Qulay biznes muhiti – tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishning muhim omili” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Andijon viloyati kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, partiya faollari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat bo‘limi, soliq, statistika, bank-moliya idoralari vakillari, tadbirkorlik subyektlari rahbarlari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish va yanada qulay biznes muhiti yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

– Tadbirkorlar tashabbuslari va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, tumanlarda kichik sanoat zonalari tashkil etish, tadbirkorlik subyektlariga davlat va boshqa xizmatlar ko‘rsatishni tubdan yaxshilashga ko‘maklashishga qaratilgan bunday tadbirlar muntazam o‘tkaziladi, – deydi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi vakili Alisher Mamajonov. – Bu borada asosiy e’tibor tadbirkorlik rivojiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda tegishli tashkilotlar hamkorligini mustahkamlash masalasiga qaratilmoqda.

Viloyatda bugungi kunda 24 mingta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 66 foiz, bandlikdagi hissasi 84,1 foizni tashkil etayotir. O‘tgan yili tadbirkorlik subyektlariga davlat obyektlari tugatilishidan bo‘shagan 14,6 gektar, shuningdek, kichik sanoat hududlari tashkil etish maqsadida 16,4 gektar yer maydoni ajratildi, 231,4 ming kvadrat metrlik binolar ijaraga berildi.

Tadbirda “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida uchrayotgan muammolarni tahliliy o‘rganish va ularni hal etishning samarali yo‘llari”, “Tadbirkorlik subyektlarining kredit-moliya resurslaridan keng foydalanishini ta’minlash”, “Tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatuvchi bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.