Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishbilarmonlik muhiti avvalgi oyga nisbatan yaxshiroq baholandi
11:40 / 2023-04-19

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi so‘rovi shuni ko‘rsatdiki, mart oyida yurtimizda ishbilarmonlik muhitining jamlangan indeksi fevral oyidagi 58 punktga nisbatan yaxshiroq bo‘lib, 64 punktni tashkil etdi. Mart oyida ishbilarmonlik muhitining umumiy ko‘rsatkichi barcha tarmoqlarda o‘sdi, eng yuqori o‘sish ketma-ket ikkinchi oy qishloq xo‘jaligida kuzatildi. Mamlakatda ishbilarmonlik muhiti holatiga salbiy baho berish ulushi qariyb 4 foizga kamaydi.

Ishbilarmonlik muhiti dinamikasi

Taxminan 42 foiz respondent biznesning hozirgi holatini «yaxshi» deb baholagan, yomonlashgani haqida xabar bergan korxonalar soni esa 14 foizdan 10 foizgacha kamaydi. Korxonalarning 22foizi o‘z xodimlari sonini ko‘paytirdi, 45 foizi esa o‘z tovarlari/xizmatlariga talabning o‘sishini qayd etdi.

Mart oyidagi talabning holati kompaniyalar tomonidan fevral oyiga qaraganda yaxshiroq tavsiflangan. Fevral oyida korxonalarning 40 foizi talabning oshishini kutgan bo‘lsa, mart oyida bu 45 foizni tashkil etdi.

Biznesning holatini joriy baholash sezilarli darajada yaxshilandi. Biznesning joriy holati jamlangan ko‘rsatkichi oy davomida 12 punktga o‘sdi.

Kelgusi 3 oyda biznesni rivojlantirish istiqbollarini kutishning jamlangan ko‘rsatkichi yuqori darajada qolmoqda — 80 punkt (2022 yil mart oyida — 74 punkt), bu barcha tarmoqlarda juda yuqori optimizm bilan quvvatlanadi.

Keyingi 3 oyda biznesning umumiy ahvoli yaxshilanishini kutayotgan tadbirkorlar ulushi 81 foiz. So‘rovnoma ishtirokchilarining 73 foizi tovar va xizmatlarga talabning yanada oshishini kutmoqda, 66 foizi esa xodimlar sonini oshirishni rejalashtiryapti.

Tahlillarga ko‘ra, korxonalarning narx bo‘yicha kutilmalari ketma-ket ikkinchi oy o‘zgarishsiz yuqori darajada saqlanib qoldi. Narxlar bo‘yicha eng yuqori kutilmalar qishloq xo‘jaligi va qurilish sohasida ekani ma’lum bo‘ldi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, tadbirkorlarning 26 foizi yaqin 3 oy ichida o‘z tovarlari/xizmatlari narxi oshishini kutmoqda. Umuman olganda, so‘rovnoma natijalari iqtisodiyot rivojlanishidagi ijobiy tendensiya davom etishini ko‘rsatmoqda.

B.Meliqulova, O‘zA