Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishbilarmonlar saralanmoqda
13:28 / 2016-03-10

Surxondaryo viloyatida “Tashabbus – 2016” ko‘rik-tanlovining tuman va shahar bosqichlari o‘tkazilmoqda.

Surxondaryo viloyatida “Tashabbus – 2016” ko‘rik-tanlovining tuman va shahar bosqichlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan ko‘rik-tanlov mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkor, fermer va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘layotir. Xususiy sektorning iqtisodiyotimizdagi rolini yanada oshirish, ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, mavjud to‘siq va g‘ovlarga chek qo‘yish, tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilayotgan alohida e’tibor sohani yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Tanlovning Sariosiyo tumani bosqichida tadbirkor, fermer va hunarmandlar o‘zlari ishlab chiqarayotgan arzon, xaridorgir sanoat, oziq-ovqat, qurilish, xalq iste’moli mollari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, hunarmandlik buyumlarini namoyish etdi.

“Abbosbek Abad” xususiy korxonasi rahbari Nigora Iskandarova “Eng yaxshi tadbirkor”, “Faxriddin asalchi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i Abdurahim Ziyodullayev “Eng yaxshi fermer”, yakka tartibdagi hunarmand Faxriddin Abdurahmonov “Eng yaxshi hunarmand” yo‘nalishlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.