Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishbilarmonlar aniqlanmoqda
17:06 / 2021-06-14

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning dasturi loyihasi partiyaning Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan viloyatning barcha tuman-shaharlarida jamoatchilik o‘rtasida keng muhokama qilinib, respublikamizni yana taraqqiy etishiga xizmat qiladigan bir qator takliflar olinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan Qo‘shtepa tumanida o‘tkazildi.

Unda partiyaning viloyat kengashi Siyosiy ta’lim markazi rahbari Iqboljon Qo‘ldoshev saylovoldi dasturi loyihasi bo‘yicha qo‘shtepalik fuqarolarga tushuntirishlar berdi.

Jumladan, Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikda monopoliya sub’ektlari (tabiiy monopoliya sub’ektlari)ga imtiyozlar, preferensiyalar beruvchi har qanday holatlarni cheklash bo‘yicha normalarni kuchaytirish, bu bilan kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini bozorga erkin kirib kelishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadga muvofiq, deb taklif bildirdi yurtdoshlarimiz.

 XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH

Kengashi tomonidan Qo‘shtepa tuman Madaniyat markazida «Ishbilarmon ayol - 2021» ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ko‘rik-tanlovda partiyaning ayollar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman kengashidagi ayol deputatlar, boshlang‘ich partiya tashkilotlardagi faol xotin-qizlar, o‘nlab tadbirkor va fermer ayollar, partiyaning mas’ul xodimlari, shuningdek, hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

– Mazkur ko‘rik-tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad – hududlarda xotin-qizlar o‘rtasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotida ular ishtirokidagi xususiy sektor ulushi va ahamiyatini oshirish, jamiyatda xotin-qizlar tadbirkorligini yangi bosqichga olib chiqish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, kasbiy mahorat va bilim darajasini yuksaltirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratishdan iboratdir, – dedi partiyaning viloyat Kengashi apparat rahbari Halimjon Rahmonov.

Ko‘rik-tanlovda ishtirok etayotgan ayollar tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rik-tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan g‘olib deb topilgan xotin-qizlar partiya tomonidan diplom va «Eng yosh tadbirkor ayol», «Eng tashabbuskor tadbirkor ayol», «Eng saxovatpesha tadbirkor ayol» kabi turli nominatsiyalar g‘oliblari ham esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 «SPORTNI SEV, SPORT BILAN YASHA!»

Yoshlarni ommaviy sport turlariga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va aholi salomatligini mustahkamlash borasida O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan qator tadbirlar, sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Qo‘shtepa tuman Madaniyat markazida «Sportni sev, sport bilan yasha!» shiori ostida sportning shaxmat va stol tennisi turlari bo‘yicha o‘tkazilgan sport musobaqalari ana shunday sport tadbirlarining davomi bo‘ldi.

Stol tennisining qizlar o‘rtasidagi musobaqasida Guljahon Ro‘ziboyeva peshqadam bo‘lgan bo‘lsa, shaxmat turi bo‘yicha esa Zilola Sobirova g‘oliblikka loyiq ko‘rildi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha B.Ergashevga teng keladigani topilmadi. Shaxmat turi bo‘shicha esa Dostonbek Xolmatov yaxshi natijani qo‘lga kiritdi

– Musobaqada qatnashib, o‘z imkoniyatlarimizni sinovdan o‘tkazdik, tajriba orttirdik. Eng asosiysi, bizni chiniqtirib, salomatligimizni yanada mustahkamlashga, o‘z iqtidor va imkoniyatlarimizni yuzaga chiqarishga yordam berdi, – deydi G.Ro‘ziboyeva.

 O‘zLiDePNING MEHNAT YARMARKASIDA 24 NAFAR FUQARO ISHLI BO‘LDI

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi va Qo‘shtepa tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

«Temir daftar», «Ayollar» va «Yoshlar» daftarlariga kiritilgan ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash va ushbu daftarlardan chiqarishga qaratilgan mehnat yarmarkasida tumandagi 40 ta tashkilot 1013 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

Tadbir davomida 15 nafar fuqarolar tumandagi «Graf tekstil» korxonasiga, 6 nafar fuqarolar «Bahodir Mirzayev» fermer xo‘jaligiga va 3 nafar fuqarolar «Yoshlik» nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga ishga joylashishi uchun yo‘llanmalar berildi.

Yarmarka ishtirokchilari korxona, tashkilot va muassasalar mutaxassislari tomonidan ish o‘rinlari, xodimlarga yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy himoya va oylik maoshlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

 TIBBIY KO‘RIKDA 200 DAN ORTIQ FUQARONING SOG‘LIGI NAZORATDAN O‘TKAZILDI

OʼzLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida «Sog‘lom oila – mustahkam oila» loyihasi doirasida Qo‘shtepa tumanida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rikda 200 nafardan ortiq fuqarolar okulist, LOR, onkolog, stomatolog, nevropatolog, terapevt, pediatr, kardiolog, ginekolog, jarroh va dermatovenerolog kabi shifokorlar tomonidan o‘z sog‘liklarini nazoratdan o‘tkazdilar.

 EHTIYOJMAND OILALARDAN XABAR OLINDI

Qo‘shtepa tumanida o‘tkazilgan tadbirlar davomida nogironligi bor shaxslar, keksa avlod vakillari, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi. Xususan, O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan Qo‘shtepa tumani 1-sektor hududidagi "Soy bo‘yi" mahalla fuqarolar yig‘ini "Saxovat" ko‘chasida istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironi N.Toshaliyevga nogironlik aravachasi topshirildi.

 

 

Shohsulton To‘xtamatov,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi matbuot kotibi.