Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishbilarmon, salohiyatli va intiluvchan
05:58 / 2023-07-25

“Ishbilarmon ayol-2023” ko‘rik-tanlovining Amudaryo tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 15 nafarga yaqin tadbirkor, fermer va hunarmand opa-singillarimiz ishtirok etdi.

Tanlovda  kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, shu orqali aholi bandiligi hamda turmush farovonligini oshirish yo‘lida o‘z salohiyati, intilishi bilan yutuqlarga erishayotgan ayollar ish faoliyati, kelgusidagi rejalari haqida so‘zlab berdilar. Ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

- 2018 yilda “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi asosida bankdan kredit olib, “Tamara tekstil” korxonasini ochdim, - deydi tanlov ishtirokchisi Tamara Yusupova. - Hozirgi kunda korxonada oltmishdan ziyod xotin-qiz ish bilan ta’minlangan. Ular tikayotgan turli bichimdagi liboslar, xususan, maktab formalari  respublikamiz bozorlarida xaridorgir bo‘lmoqda. Shuningdek, korxona mahsulotlari Qirg‘iziston Respublikasiga eksport qilinadi.  

[gallery-12881]

Shunday qilib, tanlov hakamlar  hay’ati  xulosasiga ko‘ra, 3-o‘rin yakka tadbirkor Dilnoza Nazarovaga,  2-o‘rin yana bir yakka  tadbirkor  ayol Salomat Rahimboyevaga nasib etgan bo‘lsa, 1-o‘ringa  “Tamara tekstil” MCHJ rahbari Tamara Yusupova munosib deb topildi hamda tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichiga yo‘llanma oldi.  

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA