Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishbilarmon bunyodkorlar
09:49 / 2024-07-13

FOTOREPORTAJ

Nukuslik Azizbek Kaipov tadbirkorlik faoliyatini “Akfa” eshik-romlar ishlab chiqarish bilan boshlagan.

Tadbirkor keyinchalik, mamlakatimizda biznes vakillariga yaratilgan imkoniyatlardan foydalangan holda faoliyatini kengaytirdi. 2014 yilda qurilish, rekonstruksiya, kapital ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi “Karakalpak Windows” MCHJga asos soldi. O‘tgan yili bankdan olingan kredit evaziga mazkur korxonaning o‘zida g‘isht va beton mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu mahsulotlar MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan barcha qurilish ishlarida foydalanilmoqda. Ehtiyojdan ortib qolgani turdosh korxonalarga sotiladi.  

Har qanday jamoaning xalq orasida obro‘-e’tibor qozonib, ishonchni topa olishi albatta, rahbarning ishbilarmonligiyu tadbirkorligiga bog‘liq. Bu fazilatlar ayniqsa, qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar uchun juda ham kerak. Bu borada Azizbek Kaipovning ko‘pchilik hamkasblariga o‘rnak bo‘ladigan jihatlari ko‘p.  

[gallery-18251]

Ayni paytda “Karakalpak Windows” MCHJ bunyodkorlari Qonliko‘l tumani “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida 5 qavatli turar joy binosini qurib qurib bitkazish arafasida.  

Bundan tashqari, joylarda ushbu MCHJ tomonidan yashil qoplama to‘shalgan kichik futbol stadioni, vorkaut, voleybol va basketbol sport maydonchalari kabi yangi ob’ektlar barpo etilmoqda.  

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA