Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishbilarmon ayollar o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi
18:51 / 2024-10-14

Bugungi kunda xotin-qizlarning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun qulay sharoitlar yaratish, ular orasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy ko‘mak tizimini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yosh qizlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, ularning ilmiy va madaniy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biridir.

Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostida forum o‘tkazildi. Forum doirasida institutda talaba-yoshlar o‘rtasida bir nechta tanlovlar, seminar-trening va davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi. 

Xususan, soha mutaxassislari bilan birgalikda “Erta turmush va erta tug‘ruqning oldini olish” mavzusida davra suhbati, talaba-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini, “Men zo‘ravonlikka qarshiman” mavzusida insholar tanlovi, “Milliy liboslar kuni”, “Men iqtidorliman” ko‘rik tanlovi kabi bir nechta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. 

Jumladan, “Xotin-qizlar tadbirkorligiga birinchi qadam” mavzusidagi biznes-treningda o‘zining biznesiga ega ishbilarmon ayollar xotin-qizlarga tadbirkorlik sohasidagi tajribasi bilan bo‘lishdi va muvaffaqiyatli biznes yuritishning asosiy qoidalari, moliyaviy savodxonlik, biznes reja tuzish va investitsiyalar jalb qilish usullari haqida ma’lumot berdi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob oldi.

Shuningdek, hafta davomida Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tanlovlar g‘oliblari institut Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri