Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
I.Shalыto: “O‘zbekiston san’atni qadrlovchi mamlakat”
13:57 / 2022-09-13

“O‘zbekfilm” kinokonsernida “SHHT kino kunlari” hamda SHHT mamlakatlari kinoforumining tantanali ochilishi o‘tkazildi. Tantanada “Roskino” rahbari Inna Shalыto ham ishtirok etdi.

– Biz kinofestival doirasida o‘tadigan Rossiya kinosi kunlarini “Russian film festival” brendi ostida o‘tkazamiz, – deydi  I.Shalыto. – Mazkur tadbirda biz “Janob  Nokaut”, “Qarol”, “Notanish odam portreti”, “Qat’iy tartibli ota-onalar” filmlarini namoyish etamiz. O‘zbekiston san’atni qadrlovchi mamlakat. O‘zbekistonlik kinoijodkorlar bilan hamkorlikda yaratilgan “Quyosh ta’mi”, “Baron 2. Sog‘inch”, “Parining sovg‘asi”, singari bir qator filmlar ham ushbu kinofestival doirasida namoyish qilinadi. O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan bu borada hamkorlikni rivojlantirayotgani barchamizni quvontiradi. Biz O‘zbekiston timsolida ishonchli hamkorni ko‘ramiz va o‘zbek hamkasblarimiz bilan kelgusida juda ko‘p loyihalarni ishga turishiramiz. 

Eslatib o‘tamiz, “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali joriy yilning 13-18 sentyabr kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda. Unda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan 500 ga yaqin kinoijodkorlar ishtiroki kutilmoqda. Kinofestival doirasida 150 dan ortiq badiiy, hujjatli va qisqa metrajli filmlar namoyish qilinadi.  

 

D.Mamatova, 
O‘zA