Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ish unumdorligi oshmoqda
15:39 / 2025-06-17

Yirik maydalash sexi Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli 3-gidrometallurgiya zavodining eng asosiy sexlaridan biridir. Bu yerda 1200 millimetrgacha bo‘lgan ruda 250 millimetr holatiga kelguniga qadar maydalanadi va maydalash sexi bunkerlariga taqsimlanadi.

Sexga ma’danlar asosan “Dovg‘iztov”, “Omontoytov” va “Kokpatas” konlaridan yetkazib beriladi. Rudani qabul qilish, uni sifatli maydalash va bunkerlarga taqsimlash unumdorligi oxirgi yillarda 2,5 barobarga oshirildi. Ishchilarning ish sharoitlari yaxshilandi. 

– Yirik maydalash sexi 1995 yilda ishga tushirilgan, – deydi sex boshlig‘i Erkin Boymurodov. – 1999-2001 yillarda yerosti oqova suvlarini nasos bilan tortib chiqarish ishlari qayta rejalashtirilgan. 2012 yilda  esa yerosti oqova suvlarini yig‘ib, qabul qilish bunkeri chang bosgichlarga yo‘naltirish texnologiyasi amalga oshirildi va sutkasiga 100 metr kubga yaqin ichimlik suvining tejalishiga erishildi. Sex hududida “Yoshlar” parki barpo etilgan bo‘lib, 400 tupga yaqin iqlim sharoitiga mos daraxtlar ekilib, parvarishlanmoqda. 

Sexda ishchi-xodimlarga munosib sharoitlar yaratish maqsadida keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2021 yilda ma’muriy bino va operatorlar xonasi, 2022 yilda energoxizmat va mexanika xizmati xonalari qayta rekonstruksiya qilindi hamda zamon talablariga mos ta’mirlanib, kerakli jihozlar bilan ta’minlandi. 2023 yilda o‘quv xonasi, 2024 yilda esa naryadlar berish xonasi foydalanishga topshirildi. 

[gallery-23930]

2024 yil chang-gazdan tozalash uskunasidan chiqadigan chiqindi suvlarini qiya lentali konveyer chang bosgichlariga yo‘naltirish sxemasi amalga oshirildi va yiliga 18 ming metr kub ichimlik suvining tejalishiga erishilmoqda. 

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari