Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ish rejimi masalasida kelib tushgan murojaatlar o‘rganildi
13:55 / 2023-05-31

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan ish vaqti me’yorlariga rioya etilishini monitoring qilish maqsadida @murojaat_argos_bot telegram boti faoliyatini davom ettirmoqda.

O‘tgan qisqa vaqt davomida bot orqali 35 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan, 7 tasi ish vaqti rejimiga amal qilmaslik; 5 tasi ish vaqtidan tashqari vaqtda yig‘ilishga jalb qilish; 9 tasi ish vaqtidan tashqari vaqtda ishga jalb etish uchun qo‘shimcha haq to‘lash va 14 tasi boshqa masalalar bo‘yicha.

Ushbu murojaatlarning 1 tasi yuzasidan ish vaqti me’yorlariga amal qilmagan ish beruvchiga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanildi. 5 tasi bo‘yicha aniqlangan holat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi va ish vaqti me’yorlariga amal qilish yuzasidan ish beruvchilardan kafolat xatlari olindi. 27 ta murojaatda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi, jumladan, ish vaqtidan tashqari vaqtda o‘tkazilishi belgilangan majlislar bekor qilindi. 2 ta murojaat esa ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, agar siz davlat fuqarolik xizmatchisi bo‘lsangiz va Ish beruvchi Sizni dam olish (bayram) kunlari amaldagi mehnat qonunchiligiga zid ravishda ishga jalb etayotgan bo‘lsa, bu haqda  @murojaat_argos_bot orqali xabar berishingiz mumkin.  

 

M.Qosimova, O‘zA