Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur
14:52 / 2025-07-18

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, ma’nan eskirgan kompyuterlarni yangilariga almashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Samarqand viloyatidagi 180 ta umumta’lim maktablariga ham zamonaviy kompyuter texnikalari berildi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ajratilgan texnikalarni maktablarga tantanali jo‘natish tadbirida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A. Boboyev so‘zga chiqdi. Texnika taraqqiyoti davrida yoshlar ta’lim-tarbiyasida zamonaviy yondashuvlar zarurligi ta’kidlandi. Shu asosda o‘qituvchilar ham o‘z ustida ishlab, yosh avlod tarbiyasida samaradorlikni oshirishga intilishlari zarurligi, o‘quvchilarni o‘z iqtidor va intilishlarini ro‘yobga chiqarishga imkon qadar sharoit yaratishga, qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratishlari zarurligi qayd etildi.

[gallery-24368]

– Prezidentimizning 2022 yil 11 maydagi “Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga asosan har yili respublika va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarini zamonaviy kompyuter texnikasi va boshqa vositalar bilan ta’minlab borish belgilangan, – deydi Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi AKTni joriy etish va raqamlashtirish shu’basi boshlig‘i Murodillo Yoqubov. – Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan viloyatimizdagi 135 ta maktabga zamonaviy kompyuter sinflari va 9 ta maktabgacha ta’lim tashkilotiga elektron doska va kompyuterlar hamda 723 dona planshet qurilmalari berilmoqda. Maktablardagi zamonaviy kompyuter sinflarida 11 nomdagi jihozlar, ya’ni o‘quvchi va o‘qituvchilarga 16 dona kompyuter, printer,  konditsioner va boshqa texnikalar ajratildi.  

Tadbir doirasida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari rahbarlari bilan muloqot qilib, ta’limni rivojlantirish, sohada samaradorlikni oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan jihatlar yuzasidan fikr almashdi. Tizimda yuksak samaralarga erishish uchun tavsiyalar berdi.

G‘. Hasanov,  

A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari