French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ish quroling soz bo‘lsa...
14:22 / 2016-03-15

Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermerlari joriy yilda 93 ming 700 gektar maydonga chigit ekishni rejalashtirgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermerlari joriy yilda 93 ming 700 gektar maydonga chigit ekishni rejalashtirgan.

Bahorgi agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish va chigit ekish masalasiga bag‘ishlab joylarda o‘tkazilayotgan tadbirlarda mavsumga tayyorgarlik ishlari muhokama etilib, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olinmoqda.

Tumanlar hokimlari, qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari rahbarlari, fermerlar hamda sohaga aloqador tashkilotlar vakillari ishtirok etayotgan tadbirlarda mutaxassislar tomonidan dalani ekishga tayyorlash, tuproq namligini saqlash, maydonni tekislash va chigitni sifatli ekish, dala chetlariga tut va boshqa daraxt ko‘chatlari o‘tqazish, dala shiyponlarida mehnatkashlar uchun zarur sharoit yaratish yuzasidan tavsiyalar berilayotir.

Shunday tadbirlardan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida Qo‘ng‘irot tumanida tashkil etildi. Huquqni muhofaza qilish idoralari, qishloq va suv xo‘jaligi mutaxassislari, fermerlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlari qatnashgan tadbirda texnika va mexanizmlarning mavsumga shayligi yuzasidan fikr almashildi.

– Chigit ekish mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari belgilab olingan va texnikalarning barchasi bahorgi ishlarga shay, – deydi tumandagi “Agrotexservis” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Ozod To‘ramurodov. – Bugungi seminarda ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli maslahatlar oldik.

Qanliko‘l tumanidagi 238 fermer xo‘jaligi 3 ming 800 gektardan ziyod maydonga baraka urug‘i qadash tadorigini ko‘rmoqda. Mavsumda qatnashadigan traktor, seyalka, mola kabi texnika va mexanizmlar ta’mirdan chiqarilib, taxt qilib qo‘yildi.

To‘rtko‘l tumanining chekka hududi “Yonboshqal’a” massivida dehqonchilik qilayotgan xo‘jaliklar ham bahorgi chigit ekish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini nihoyasiga yetkazdi. “Qosim Nurimbetov” muqobil mashina-traktor parki tomonidan plug va seyalkalar, mola, kultivator singari 300 dan ziyod texnika va mexanizmlar sifatli ta’mirlab qo‘yildi.

Joriy yilda 13 ming gektar maydonga chigit ekib, 25 ming 500 tonna paxta yetishtirishni maqsad qilgan to‘rtko‘llik dehqonlar chigit ekish ishlarini 40 otryadga birlashgan texnika va mexanizmlar ko‘magida qisqa muddatlarda sifatli amalga oshirish choralarini ko‘rmoqda.