Ish o‘rni ikki barobar ko‘payadi
Ellikqal’a tumanidagi “Agro eksim gold” mas’uliyati cheklangan jamiyatida gidroponika usulida sabzavot yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.
2019 yilning oktyabr oyida faoliyat boshlagan MCHJning umumiy loyiha qiymati 18 milliard so‘mni tashkil etib, issiqxona uchun Erondan zamonaviy uskunalar keltirilgan. 4 gektar maydonni egallagan mazkur issiqxonada yetishtirilgan pomidor Rossiya, Qozog‘iston davlatlariga eksport qilinmoqda. Bu yerda 67 nafar kishi doimiy, 60 kishi mavsumiy ish bilan ta’minlangan.
[gallery-101]
Korxona faoliyatini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha 8 gektar maydonda qurilish ishlari olib borilmoqda. Kelgusi yilning mart oyida yangi issiqxona ishga tushirilsa ish o‘rni ikki barobar ko‘payadi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA