Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ish o‘rinlari yaratayotgan yosh tadbirkor ayol
16:34 / 2025-12-23

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan hududda yashovchi ishsiz ayollarni kasb-hunarga o‘qitish hamda ularning bandligini ta’minlash, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi bilan shug‘ullanishga qiziquvchi fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish borasida keng qamrovli ishlar bajarilmoqda.

Yakka tartibdagi tadbirkor Malika Rejepova ham 2024 yil “Xalq banki”dan berilgan 100 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit evaziga tumandagi “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Malika” go‘zallik salonini tashkil qilgan. Bu yerda jami 8 nafar ishsiz xotin-qizning bandligi ta’minlangan.

Bundan tashqari tadbirkor sa’y-harakati bilan salon yonida to‘y va marosimlar uchun milliy liboslar do‘koni tashkil etilgan. Bu yerda ko‘rsatilayotgan xizmatdan aholi mamnun.

Yosh tadbirkor kelgusida shuningdek, milliy va zamonaviy rusumdagi liboslar ishlab chiqariladigan tikuvchilik sexini tashkil qilishni niyat qilgan. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XCJNrZRMMFY" title="Ish o‘rinlari yaratayotgan yosh tadbirkor ayol" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Maqsad HABIBULLAEV (surat, video), O‘zA