Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ish haqi to‘lanmagan fuqarolarning murojaati o‘rganildi
19:26 / 2022-06-03

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘ng‘irot tumanida prokuratura binosini ta’mirlagan ustalarning ish haqilarini ololmaganligi, fuqarolar ushbu masalada bir nechta tashkilotlarga murojaat qilganligiga qaramasdan natija bo‘lmayotganligi to‘g‘risida tarqalgan videomurojaat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan rasmiy ma’lumot berildi.

Aniqlanishicha, “Mang‘it gaz servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2021-2022 yillarda Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasi binosida joriy ta’mirlash ishlari olib borilgan. Fuqarolar Paraxat Qudaybergenov, Dauletbay Saparniyazov, Serjan Joldibayev va Quo‘anishbay Shalabayevning “Mang‘it gaz servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari va ish boshqaruvchisi bilan o‘zaro kelishib, Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasida olib borilayotgan joriy ta’mirlash ishlarida ishtirok etganligi aniqlandi.

O‘rganish davomida “Mang‘it gaz servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan murojaat egalariga jami 10 million 200 ming so‘m ish haqi to‘lanmaganligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasi tomonidan murojaat egalarining ish haqilarini “Mang‘it gaz servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undirish haqida fuqarolik sudiga da’vo ariza kiritildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA