O‘zekiston Prezidenti farmoni bilan 1 apreldan pensiya va nafaqalar miqdori 7%ga, 1 maydan mehnatga haq to‘lash miqdorlari 7% ga oshirilmoqda.
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 maydan boshlab 920 ming so‘mdan 980 ming so‘mga oshiriladi. Demak, byudjet tashkilotida ishlovchi xodimlar oyliklari shuncha foizga oshadi.
Shuningdek, 1 maydan bazaviy hisoblash miqdori ham 300 ming so‘mdan 330 ming so‘mga oshadi.
Bu degani esa 1 maydan boshlab bazaviy hisoblash miqdoriga bog‘liq bo‘lib kelgan to‘lovlar ma’muriy jarimalar, soliqlar, davlat bojlari va shu kabi boshqa to‘lovlar ham oshadi degani. Masalan, ilgari eng kam bazaviy hisoblash miqdori bilan belgilangan jarima 300 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 1 maydan 330 ming so‘m bo‘ladi.
Ish haqi, pensiya va nafaqalarning oshishi talabalarni ham qiziqtirmoqda va ularda stipendiyalar, shartnoma puli miqdori ham oshadimi, degan savol tug‘ilmoqda.
Prezident farmoni bilan faqat byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar va nafaqalar 7% ga oshyapti.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/P9Nu1LkLe8A" title="Ish haqi, pensiya va nafaqalar oshmoqda. Kontrakt va stipendiyalar-chi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Huquqshunoslar odatda bazaviy kontrakt miqdorlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘lab qo‘yilgani bois, talabalarning to‘lov-kontraktlari ham oshishi kerak. Sababi qoidasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash miqdori oshganda kontraktlar ham oshadi, deyishmoqda.
Biroq, Kovid pandemiyasidan keyin bir necha yildan buyon mehnatga haq to‘lash miqdori bir necha bor oshgan bo‘lsada, kontraktlar miqdori oshirilmadi.
Bu yuzasidan yanada aniqroq ma’lumot olish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati bilan bog‘landik. Vazirlik axborot xizmati Prezident farmonida stipendiyalar va kontraktlar miqdorining oshishi bo‘yicha hech narsa deyilmaganini bildirdi.
Shu bilan birgalikda haydovchilar tomonidan to‘lanishi mumkin bo‘lgan jarimalar miqdori oshmoqda.
Ya’ni, 1 maydan bazaviy hisoblash miqdori 300 ming so‘mdan 330 ming so‘mga, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 920 ming so‘mdan 980 ming so‘mga oshayotgan bo‘lsa, bu degani BHMga qarab to‘lanadigan jarimalar, to‘lovlar miqdori ham oshadi.
Jarimani 15 kun ichida to‘laydiganlar uchun esa 50 foizlik chegirma belgilangan.
M.Eshmirzayeva, N.Abduvoitov, O‘zA