English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ish bilganga – ming tanga
16:27 / 2019-01-14

Jizzax viloyatida 503 ming 236 dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari tasarrufida 19 ming 896 gektardan ortiq tomorqa mavjud.


Jizzax viloyatida 503 ming 236 dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari tasarrufida 19 ming 896 gektardan ortiq tomorqa mavjud. Shundan 10,73 gektar tomorqada limonchilik yoʻlga qoʻyilgan.

Doʻstlik tumanida 4 sotix tomorqadan moʻmay daromad olayotgan 64 yoshli Jozil Ergashev bir sotix yerda tabiiy issiqxona tashkil etgan. Issiqxonada limonning Meyer navini parvarishlamoqda. Oʻtgan yili 20 tup limon koʻchatidan 600 kilogramm hosil olgan boʻlsa, bu yil bir tonnalik hosilni moʻljallab turibdi. Bundan tashqari, tomorqada apelsin va limonning Eron navini koʻpaytirishni yoʻlga qoʻygan. Ayni paytda yetishtirilgan limon bozorga peshma-pesh chiqarilib, el dasturxoniga tortiq qilinmoqda.

– Limonning Meyer navi bizning iqlimimizga moslashuvchanligi va hosildorligi bilan boshqa navlardan ajralib turadi, – deydi J. Ergashev. – Koʻchatlarni tabiiy usulda parvarishlash maqsadida yerni 2 metr kovlab, 70 santimetrlik mahalliy oziqa bilan boyitib, soʻngra limon koʻchatlarini ekkanmiz. Qilingan agrotexnik tadbirlar samara berdi. Oʻtgan yili limondan yaxshi daromad qildik. Bu yil daromadimizni yanada koʻpaytirishni moʻljallayapmiz.

Omilkor oʻtgan yili tijorat bankining 90 million soʻmlik krediti evaziga200 uya asalari parvarishlashga kirishgan. Qarangki, 2 oy ichida 1 tonna asal olishga erishdi. 

2.JPG

6.JPG

10.JPG