Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ish beruvchi kollejga keldi
13:26 / 2015-05-04

Samarqand viloyati tuman va shaharlarida 2015-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi ijrosi doirasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazilmoqda.

Samarqand viloyati tuman va shaharlarida 2015-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi ijrosi doirasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazilmoqda.

Urgut tadbirkorlik kasb-hunar kollejida o‘tkazilgan shunday tadbirda tumandagi 167 korxona, tashkilot, muassasa va fermer xo‘jaligi o‘zlarida mavjud 342 bo‘sh va kvota ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

Tuman hokimligi, prokuratura hamda bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi hamkorligida tashkil etilgan yarmarkada asosan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari qatnashdi.

– Joriy yilda tumanimizdagi 19 kasb-hunar kollejini 7 ming 500 dan ortiq yigit-qiz bitiradi, – deydituman bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori Muhiddin Xoliqov. – Ularni egallayotgan mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish bo‘yicha uch tomonlama shartnomalar imzolangan. Kollejlarda o‘tkazilayotgan mehnat yarmarkalari bitiruvchilarga bilim va kasb ko‘nikmasini namoyon etish, ish beruvchilarga esa bilimli mutaxassislarni saralab olish imkoniyatini bermoqda.

Tadbirda hududdagi kollejlar bitiruvchilari egallayotgan mutaxassisligi bo‘yicha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish kasb mahoratini ko‘rsatdi. Turli taqdimotlar o‘tkazildi.

– Uch yil davomida buxgalteriya ishi yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oldim, – deydi Urgut iqtisodiyot kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Bahora Ismatova. – Bugungi yarmarkada bir qator korxona va tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib, ish beruvchilar bilan suhbatlashdim. Tumanimizdagi “Alfa max alliance” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida ishlash uchun yo‘llanma oldim.

Yarmarkada 220 nafardan ortiq kollej bitiruvchiciga ishga yo‘llanma berildi.