Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Irrigatsiya tizimi ob’ektlarini moliyalashtirish tartibi belgilandi
16:57 / 2025-10-24

Vazirlar Mahkamasining Joriy yilning 22 oktyabridagi qarori bilan “Byudjet tizimi byudjetlari hisobidan qurilish va rekonstruksiya ishlari sug‘orish mavsumi bo‘lmagan davrda bajariladigan irrigatsiya tizimi ob’ektlarini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomda vegetatsiya (sug‘orish) mavsumida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni bo‘lmagan irrigatsiya tizimi ob’ektlarini tanlab olish, ularning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda moliyalashtirish tartibi belgilab berilgan.

Shuningdek, hujjatga muvofiq, bunday ob’ektlarda qurilish-montaj ishlari sug‘orish mavsumi bo‘lmagan davrda bajariladi.

Moliyalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Qurilishning dastlabki ikki oyi mobaynida ishlar qiymatining 30 foizi miqdorida avans to‘lovi ajratiladi. Ajratilgan avansning qurilish muddati mobaynida mutanosib ravishda ushlab qolinishi hisobga olingan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi har oyda joriy tarzda moliyalashtiriladi. Pudrat shartnomasida nazarda tutilgan kafolat muddati o‘tgandan keyin qolgan 5 foiz mablag‘ to‘lab beriladi.

Agar davlat xaridlari natijalariga ko‘ra qurilish muddati uch oydan kam bo‘lsa, birinchi oyda ob’ekt qiymatining 30 foizi miqdorida avans to‘lovi ajratiladi, keyingi to‘lovlar esa belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA