Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iroqning yangi Prezidenti 78 yoshda
11:32 / 2022-10-14

Parlament saylovlaridan bir yil o‘tib, Iroq Vakillar kengashi mamlakat prezidenti nomzodi bo‘yicha qaror qabul qildi. Deputatlar bu lavozimga Kurdiston vatanparvarlar ittifoqi vakili 78 yoshli Abdel Latif Rashidni sayladilar.

Rashidning saylovdagi asosiy raqibi amaldagi davlat rahbari Barham Salex edi. Kurdiston Ichki ishlar vaziri Reber Ahmad ham saylovda qatnashish uchun ariza bergan edi, biroq keyinchalik u o‘z nomzodini qaytarib olgandi. 

Rashid sobiq Bosh vazir Nuri al-Maliki davrida Suv resurslari vaziri, keyinchalik Iroq Prezidentining katta maslahatchisi lavozimlarida ishlagan. 

Iroq - parlament respublikasidir. Prezident asosan vakillik funksiyasini bajaradi. U parlament a’zolari tomonidan to‘rt yilda saylanadi.

 

O‘zA