Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iroqlik tadbirkorlar O‘zbekistonga keldi (+video)
09:00 / 2026-01-14

Iroq ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiya maxsus charter reys bilan Toshkentga yetib keldi.

Delegatsiya tarkibida 17 nafar rasmiy shaxs, jumladan, Iroq savdo vaziri Asir al-G‘aririy, Iroq Investitsiyalar bo‘yicha milliy qo‘mita raisi o‘rinbosari Salar Muhammad Amin, Iroq Iqtisodiy kengashi raisi Ibrohim al-Mas’udiy al-Bag‘dadiy va Iroq Savdo palatalari federatsiyasi raisining maxsus vakili Amir Alaviy, shuningdek, 120 ga yaqin yirik iroqlik ishbilarmonlar va OAV vakillari bor.

Tashrif davomida iroqlik tadbirkorlar oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sanoati, savdo, qurilish materiallari, pudrat ishlari, ko‘chmas mulk, farmatsevtika, elektrotexnika va avtomobilsozlik, to‘qimachilik, mebelchilik, zargarlik, neft mahsulotlari kabi sohalarni, shuningdek, axborot texnologiyalari, konsalting, bojxona deklaratsiyasi va turizm singari barcha xizmat turlarini taqdim etadilar.

<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/RXI1nQOOg6w" title="Iroqlik tadbirkorlar O`zbekistonga keldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ziyovuddin Nuriddinov, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA