Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iroqdagi to‘yda yong‘in yuz berib, 450 kishi halok bo‘ldi
15:14 / 2023-09-27

Iroq shimolida to‘y marosimi o‘tayotgan joyda ro‘y bergan yong‘in tufayli 450 dan ziyod kishi halok bo‘ldi, o‘nlab inson jarohat oldi, deb xabar tarqatdi mahalliy Qizil yarim oy jamiyati bo‘linmasi.

“Hamdaniya muzofoti Mosul shahrida to‘y o‘tkazilayotgan binoda yong‘in chiqishi natijasida halok bo‘lganlar soni 450 kishidan oshib ketdi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq “Al Arabiya” telekanali 120 kishi qurbon bo‘lgani 200 dan ko‘p mehmon jabrlanganini ma’lum qilgan edi.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yong‘in yopiq binoda mushakbozlik uyushtirilishi tufayli kelib chiqqan.