Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iroqda Milliy bayram – Inqilob kuni
17:17 / 2022-07-17

Bugun Iroq Respublikasida milliy bayram nishonlanmoqda. Mamlakatda 1968 yil 17 iyul kuni inqilob yuz bergan, monarxiya tuzumi ag‘darilgan.

Respublika kuni yoki inqilob kuni davlat bayramlari safidan o‘rin olgan. Ushbu kun iyul inqilobi davrida monarxiyaning ag‘darilgani va respublika tashkil etilganini nishonlash uchun mo‘ljallangan.

Bilamiz, Iroq davlat sifatida 1920 yilda tashkil topgan. 1921 yilda ushbu hudud Hoshimiylar sulolasidan amir Faysal boshchiligidagi podshohlik deb e’lon qilingan. Monarxiya 1958 yilgacha davom etgan. Bir so‘z bilan aytganda, inqilob natijasida mamlakatda monarxiya tushunchasi yo‘qolgan. Respublika kuni Iroqda 2005 yil milliy bayram deb e’lon qilingan.

Har yili 17 iyul kuni Iroqda ommaviy namoyish va mitinglar bo‘lib o‘tadi. Yurishlarda harbiylar tomonidan tantanavor va kundalik liboslarning yangi ko‘rinishi namoyish qilinadi.

Jahon matbuotida e’lon qilingan xabarlarga ko‘ra, bir necha kun oldin Bag‘dod ko‘chalari bayramona qiyofa kasb etadi. Shahardagi muassasa, idora va tashkilotlar gulchambarlar bilan bezatiladi.

Mamlakat rahbari nomiga siyosiy, jamoat tashkilotlari vakillari va davlat rahbarlari nomidan tabriknomalar kelishi tabiiy. Davlat va xususiy sektorda yangi korxonalarning tantanali ochilish marosimi aynan shu sanaga to‘g‘irlanadi.

Yana bir muhim ma’lumot: Davlat shifoxonalarida bayram kunlari o‘g‘il bolalarning sunnat to‘ylari bepul amalga oshiriladi, bu musulmon an’analarida qo‘llaniladigan odat sifatida keng tarqalgan.

Aholisi 40 milliondan ziyod bo‘lgan Iroq iqtisodiyoti asosini neft qazib olish va eksport qilish tashkil etadi. Sohada neft sektori ustunlik qiladi, bu zamonaviy davrda valyuta tushumlarining qariyb 99,7 foizini ta’minlagan.

Qayd etish kerak, agrar sohasiinqilobdan keyin jadal rivojlandi. 1980 yilga kelib Iroq Yaqin Sharqdagi uchinchi yirik iqtisodiyotga aylandi. Bunga qisman Iroq hukumatining 1970 yillar mobaynidagi muvaffaqiyatli sanoatlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish tashabbusi sabab bo‘ldi, deyish mumkin.

Экономика Ирака в политическом хаосе | Аналитический центр Катехон. Русский  Имперский РенессансMamlakat – 1945 yildan BMT a’zosi. O‘zbekiston va Iroq Respublikalari o‘rtasidagi diplomatik munosabat 1993 yil 19 iyunda o‘rnatilgan.

O‘zbekiston va Iroq o‘rtasidagi o‘zaro munosabat so‘nggi yillarda yaxshilanayotganini qayd etish zarur. Davlat rahbarlari ikki tomonlama manfaatli munosabatni jadal rivojlantirishga astoydil bel bog‘lashgan.

Savdo hajmini oshirish, sanoatda yangi kooperatsiya loyihalarini yo‘lga qo‘yish, tranzit salohiyatidan samarali foydalanish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish maqsadida hamkorlikning institutsional mexanizmi faollashayotgani quvonarli.

Behruz Xudoyberdiyev tayyorladi.

O‘zA