Iroq Prezidenti: Tramp “Eronni kuzatish” uchun Iroqdan ruxsat soʻrashi kerak
Iroq Prezidenti Barham Solih dushanba kungi chiqishida, AQSH Prezidenti Donald Tramp “Eronni kuzatish” maqsadida AQSH qoʻshinlarini Iroqqa joylashtirish uchun Iroqning ruxsatini soʻramaganini aytdi.
Iroq Prezidenti Barham Solih dushanba kungi chiqishida, AQSH Prezidenti Donald Tramp “Eronni kuzatish” maqsadida AQSH qoʻshinlarini Iroqqa joylashtirish uchun Iroqning ruxsatini soʻramaganini aytdi.
Solihning aytishicha, AQSH va Iroq oʻrtasida tuzilgan shartnomada Qoʻshma Shtatlarning Iroqdagi qoʻshinlari terrorizmga qarshi kurashishi lozim ekanligi belgilab qoʻyilgan.
Shuningdek, Barham Solih AQSHga ushbu holat boʻyicha savol bilan murojaat qilgan.