Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iroq prezidenti Eronga tashrif bilan boradi
14:34 / 2023-04-24

Iroq tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn Iroq Prezidenti Abdul Latif Rashidning Eronga yaqin oradagi tashrifini ma’lum qildi, deya xabar berdi IRNA agentligi.

Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdulloxiyan va iroqlik hamkasbi bilan telefon orqali muloqot chog‘ida ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qildi.

Tomonlar, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, mintaqa xavfsizligi va barqarorligi, terrorizmga qarshi kurashning ahamiyatini ko‘rib chiqdilar.

Iroq tashqi ishlar vaziri ham bu suhbatda Tehron va ar-Riyod o‘rtasida diplomatik aloqalar tiklanganidan mamnunligini bildirdi.  

Eron va Iroq TIV rahbarlari ikki davlat o‘rtasida strategik aloqalarni kengaytirish, ularni muvofiqlashtirish va maslahatlashuvlar zarurligini ta’kidladilar.

O‘zA