Iroq parlamenti Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashni taqiqlovchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlash uchun ovoz berdi, deb xabar tarqatdi mamlakatning oliy qonun chiqaruvchi organi matbuot xizmati.
"Parlament Isroil davlati bilan munosabatlarni yaxshilashni ta’qiqlovchi qonun loyihasini bir ovozdan ma’qulladi", - deyiladi xabarda.
Shunday qilib, Iroq arab dunyosida shunday qarorga kelgan birinchi mamlakat bo‘ldi.
Iroq ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan mazkur qonun loyihasi Isroil davlati bilan "diplomatik, siyosiy, harbiy, iqtisodiy, madaniy yoki boshqa har qanday munosabatni" taqiqlashni ko‘zda tutadi. Isroil bilan “munosabatlarni yaxshilashning har qanday ko‘rinishi” jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Masalan, Iroq fuqarolari agar Isroilga safar uyushtirsa yoki Isroilning boshqa mamlakatlardagi elchixonasiga borsa, shuningdek, ular bilan aloqa qilsa bir umrlik qamoq jazosiga tortiladi. Mazkur taqiq diniy ziyoratlarga qo‘llanilmaydi.
2020 yilda AQSH Isroil bilan arab mamlakatlari o‘rtasida munosabatlarni yaxshilash jarayonini ishga tushirgan edi. Natijada “Avraam tinchlik bitimi” deb nom olgan hujjatlar to‘plami imzolandi. Mazkur bitimga BAA, Baxrayn, Marokash va Sudan qo‘shilgan.