Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iroq o‘z fuqarolari Rossiya armiyasiga yollanishiga qarshi chora ko‘radi
11:02 / 2026-02-19

Iroq davom etayotgan Rossiya va Ukraina mojarosi munosabati bilan o‘z fuqarolari rus armiyasiga yollanishini cheklash bo‘yicha yangi choralar e’lon qildi.

Yanvar oyida Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Al-Arojiy boshchiligida tashkil etilgan Yollashga qarshi qo‘mita aholini xorijiy qurolli kuchlarga jalb etuvchi tarmoq va tuzilmalarga nisbatan Jinoyat kodeksini qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqdi. Ya’ni, endilikda chet el harbiy harakatidagi ishtirokni jazolash, moliyalashtirish va yollash tarmoqlariga qarshi kurashish, shuningdek ekspluatatsiya qilinish, front chizig‘iga yuborilishga duch keladigan ko‘ngillilarni mojaroga aralashish xavfidan ogoh etish ko‘zda tutilmoqda. Qo‘mita qarori Bosh vazir Al-Sudaniyga tasdiqlash uchun taqdim etildi.

Ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, hozirgacha taxminan 50 000 iroqlik Rossiya kuchlari bilan birga jang qilish uchun yollangan. Norasmiy statistika esa taxminan 5000 raqamini ko‘rsatmoqda. Ulardan 3000 nafari Rossiya armiyasida, 2000 nafari Ukraina tomonida jang qilmoqda.

S.Rahimov, O‘zA