Iroq neft qazib olishni keskin qisqartirdi
Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashgani munosabati bilan Iroq neft qazib olishni deyarli to‘xtatdi. Bu haqda "Financial Times" nashri xabar berdi.
OPEK tarkibidagi ikkinchi yirik ishlab chiqaruvchi hisoblangan Iroq kuniga o‘rtacha 3 million barrelga yaqin neft qazib olar edi. Tanaffusga bir necha omil sabab: Hurmuz bo‘g‘ozi yopilishi, omborlar to‘lib ketgani hamda dengiz orqali tashish bilan bog‘liq xavf-xatar eksport jarayonini izdan chiqargani.
Ma’lumotga ko‘ra, shu vaqtgacha Iroq nefti eksportining qariyb uchdan ikki qismi Osiyo bozoriga yo‘naltirilgan, asosiy xaridorlar Xitoy va Hindiston edi. Vujudga kelgan holat global energiya bozorida narxga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
F. Yaxshiboyeva, O‘zA