Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Irodasi metin sportchilar maskani (+video)
14:14 / 2025-10-08

Navoiy viloyatida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning ijtimoiylashuvini ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni maqsadda viloyat markazida tashkil etilgan para yengil atletika bo‘yicha sport  maskani o‘nlab yoshlarning sevimli manziliga aylangan. Uning ochilganiga atigi ikki yil bo‘lganiga qaramay, para yengil atletikachilari salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritib kelyapti.

[gallery-25644]

Bugungi kunda Navoiy viloyatida mavjud sport maktablarida 110 ta para sport guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularga 500 nafardan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslar qamrab olingan.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0YFXT0OSih4" title="Irodasi metin sportchilar maskani" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Siroj ASLONOV (surat, video), O‘zA