Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Irodali sportchilarimiz Turkiy davlatlar turnirida qatnashmoqda
10:49 / 2025-10-25

Bugun, 25 oktyabr kuni Qozog‘istonning Aktau shahrida bochcha sport turi bo‘yicha Turkiy davlatlar sportchilari o‘rtasida xalqaro turnir boshlandi.

Joriy yilning 7-14 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 45 mamlakatning 1500 nafarga yaqin yosh para sportchilari ishtirok etadigan yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlariga tayyorgarlikning muhim bosqichi sanalgan Aktaudagi xalqaro turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari munosib natijalarga erishishni maqsad qilgan.

-Boshlanayotgan xalqaro turnir zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi. Boisi, oldimizda yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlari bor. Maqsadimiz Qozog‘istondagi turnirda yaxshi natijalarga erishib, qit’a o‘yinlarida yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etish. Turkiy davlatlar sportchilari o‘rtasidagi xalqaro turnirda qatnashayotgan Bibiniso Rahmonova, Husan Rasulov, Nizomiddin Xayriddinov, Akobir Shamsuddinov kabi irodali para atletlarimizdan umidimiz katta, - deydi O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Mirzonabi Toshev.

Musobaqalar 31 oktyabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA