Irodali shaxmatchilarimiz “Asia Blitz Deaf Chess Championship” g‘olibligiga erishdi
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida IV Osiyo chempionati hamda ICCD tasnifiga kiruvchi XIII xalqaro ochiq turnir yakunlandi.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ukraina, Ozarbayjon va Hindiston davlatlarining matonatli “aql gimnastikasi” sohiblari ishtirok etgan bahslar 11 turdan iborat shveysarcha tizimda tashkil etildi.

“Asia Blitz Deaf Chess Championship” bahsida o‘zbekistonlik iste’dodli shaxmatchi Marsel Shoyusupov 9,5 ochko bilan faxriylar musobaqasida 1-o‘rinni egalladi.
Mazkur musobaqaning 19 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar bahsida qatnashgan yana bir hamyurtimiz Aynura Izentayeva 6 ochko bilan g‘oliblikni tantana qildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA