English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Irodali shaxmatchilar Toshkentda Osiyo chempionligi uchun kurashmoqda
15:38 / 2025-09-23

Poytaxtimizda zaif eshituvchilar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilayotgan IV Osiyo chempionati hamda ICCD tasnifiga kiruvchi XIII xalqaro ochiq turnirda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ukraina, Ozarbayjon va Hindiston davlatlarining matonatli “aql gimnastikasi” sohiblari dona surmoqda.

66 nafar shaxmatchi ishtirokida kechayotgan bahslar “Men and Women”, “Boys U19”, “Girls U19”, “Seniors” guruhlarida bo‘lib o‘tmoqda.

Ortda qolgan 3-tur o‘yinlaridan keyin “Men and Women” guruhida qozog‘istonlik Sultona Kojaxmetova va hamyurtimiz Mamarajabov Sardorbek 3 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

“Boys U19” guruhidagi musobaqalarning 4-tur o‘yinlari ostonasida Hindiston vakili Ankit Ganguli 3 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib turgan bo‘lsa, uni 2,5 ochkoga ega Vohidjon A’zamov (O‘zbekiston) va 2 ochkoli Dias Usmanov (Qozog‘iston) taqib etmoqda.
 

“Girls U19” guruhida hamyurtimiz Aynura Izentayeva hamda hindistonlik Shreya 3 ochko bilan yetakchiga aylangan vaziyatda yana bir shaxmatchi qizimiz Jasmina Qobiljonova hisobida 2.5 ochko mavjud. Musobaqalar 30 sentyabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA