Iroda opaning maroqli darslari
Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari aniq fanlarni chuqur o‘zlashtirish bilan birga, chet tilini ham puxta o‘rganmoqda. Birinchi sinf o‘quvchilarining ham ingliz tilida binoyidek so‘zlashlari zavqingizni oshiradi.
Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari aniq fanlarni chuqur o‘zlashtirish bilan birga, chet tilini ham puxta o‘rganmoqda. Birinchi sinf o‘quvchilarining ham ingliz tilida binoyidek so‘zlashlari zavqingizni oshiradi.Bunda ingliz tili o‘qituvchisi Irodaxon Ulug‘bekovaning alohida xizmatlari bor. O‘quvchilar Iroda muallimaning darsini intiq kutishadi. Har bir mavzu interfaol usulda va qiziqarli tarzda, o‘quvchilar faolligi bilan o‘tadi.
Chet tillarni o‘rganish zamonaviy ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu jahon sivilizatsiyasi yutuqlarini o‘rganish imkoniyatini oshiradi, bolaning dunyoqarashini kengaytiradi, kelajak uchun puxta zamin hozirlaydi.
Birinchi Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori o‘g‘il-qizlarimizning xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishi va o‘z salohiyatini namoyish etishida muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Umrini yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlayotgan I.Ulug‘bekova 21-yildirki, ingliz tilidan o‘quvchilariga saboq berib kelmoqda. Maktab o‘quvchilarining tuman, viloyat va mamlakat miqyosida o‘tkaziladigan bilimlar bellashuvida faol ishtirok etishida ham uning mehnati katta. Muallima har bir darsga puxta tayyorgarlik ko‘radi. O‘quvchilarining ingliz tilini tez va puxta o‘rganishlari uchun yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanadi. Ta’lim muassasasida chet tili xonalari zamonaviy multimedia vositalari, ko‘rgazmali qurollar, komputer texnologiyalari bilan jihozlangan.
– Chet tilini o‘rganish bolaning dunyoqarashini kengaytirib, fikrini erkin bayon qilish imkoniyatlarini rivojlantiradi, – deydi I.Ulug‘bekova. – Bunda maktab ta’limining o‘rni benihoya katta. Negaki, aynan shu bosqichda bola ilk bor chet tili bilan tanishadi, dastlabki bilim va grammatikani o‘zlashtiradi. Maktabimizda ham o‘quvchilarning ingliz tiliga qiziqishi nihoyatda kuchli. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tilidan saboq berish yanada maroqli.
Maktab o‘quvchilari ingliz tilidan fan olimpiadalari hamda bilimlar bellashuvining viloyat va mamlakat bosqichida doimo faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. O‘tgan yili maktab o‘quvchilari “Ingliz tili bilimdonlari” intellektual musobaqasining viloyat bosqichida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Iroda Ulug‘bekova trener sifatida tumandagi ingliz tili o‘qituvchilariga haftaning juma kuni malaka oshirish kurslari tashkil etgan. Ayni kunlarda u ingliz tilidan diktantlar to‘plamini tayyorlash borasida ham ish olib bormoqda.
Mamlakatimizda Iroda opa singari jonkuyar ustozlar mehnati munosib rag‘batlantirilmoqda. 2015-yilda Prezidentimiz farmoniga muvofiq, I.Ulug‘bekova O‘qituvchi va murabbiylar kuni oldidan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Iroda Ulug‘bekova trener sifatida tumandagi ingliz tili o‘qituvchilariga haftaning juma kuni malaka oshirish kurslari tashkil etgan. Ayni kunlarda u ingliz tilidan diktantlar to‘plamini tayyorlash borasida ham ish olib bormoqda.
Mamlakatimizda Iroda opa singari jonkuyar ustozlar mehnati munosib rag‘batlantirilmoqda. 2015-yilda Prezidentimiz farmoniga muvofiq, I.Ulug‘bekova O‘qituvchi va murabbiylar kuni oldidan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.