French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Irlandiya bosh vaziri Isroilning harakatlariga munosabat bildirdi
16:22 / 2024-12-20

Yevropa kengashi yig‘ilishida so‘z olgan Irlandiya bosh vaziri Simon Xarrisning aytishicha, Isroil rejimining Dublindagi elchixonasini yopishi G‘azo sektoridagi jinoyatlaridan jamoatchilik e’tiborini chalg‘itish bo‘lgan.

Uning ta’kidlashicha, Irlandiya hukumati Isroilga qarshi emas, lekin inson huquqlari, xalqaro normalar va tinchlikni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘z pozitsiyasida sobit qoladi.

Avvalroq Isroil rasmiylari mazkur mamlakatni ikki tomonlama munosabatlarda dushmanlarcha siyosat yuritayotganlikda va “qizil chiziqlar”ni kesib o‘tganlikda ayblagandi. 

Ushbu da’volarga munosabat bildirgan Xarris Irlandiya har doim xalqaro huquqning buzilishini qoralashi va Jahon sudining qarorlarini ijro etish zarurligi hamda qamal ostidagi hududda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish kerakligini ta’kidladi.

Ma’lumki, o‘tgan yakshanba kuni Isroil davlati Irlandiya Respublikasi bilan munosabatlari darz ketganini aytib, Dublindagi elchixonasini yopgan edi.

Musulmon Ziyo, O‘zA