Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqarib, investitsiya muhiti tubdan yaxshilanadi
18:45 / 2023-11-21

2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish Strategiyasiga muvofiq “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqildi.

Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masallari qo‘mitasining navbatdagi majlisida muhokama qilingan qonun iqtisodiyotda davlat ishtirokini asoslangan darajagacha qisqartirish va investitsiya muhitini tubdan yaxshilashga qaratilgani qayd etildi.

Qonunni ishlab chiqishda ushbu sohadagi xalqaro tajriba o‘rganilgan. Qonun normalari Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlar va Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirilgan.

Qonunda xususiylashtirishning qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik, hisobdorlik, teng raqobat muhitini ta’minlash hamda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik asosiy prinsiplar sifatida belgilanmoqda.

Yangi me’yorlar kiritilib, davlat aktivlarini sotishda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati, to‘lovlarni amalga oshirish tartibi va shartlari qonun darajasida belgilanmoqda. Qonun asosida balansda saqlovchining javobgarligi kuchaytirilib, xatlov komissiyasi instituti bekor qilinmoqda.

Senatorlar, ekspertlar hamda tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etgan majlisda qonunning qabul qilinishi xususiylashtirish jarayonlarida teng raqobat muhitini yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shu bilan birga, mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishi, xususiy mulkchilik va uning himoyasini ta’minlashiga zamin yaratadi.

 

N.Abduraimova, O‘zA