English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi: yangi davr va dolzarb vazifalar
10:26 / 2019-01-30

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi: yangi davr va dolzarb vazifalar” mavzusida oʻquv-seminari tashkil etildi.


Sirdaryo viloyati Guliston shahrida “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi: yangi davr va dolzarb vazifalar” mavzusida oʻquv-seminari tashkil etildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilgan seminarda iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari rahbarlari, yetakchi mutaxassislari, Sirdaryo viloyati hokimligi, mutasaddi idora va tashkilot rahbarlari hamda hududdagi ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar barcha sohalar rivojida oʻz samarasini berayotgani taʼkidlandi. Shuningdek, hududlarda ishlab chiqarish quvvatlarini samarali joylashtirish, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish orqali hududiy investitsion salohiyatni oshirish lozimligi qayd etildi.

– Seminarda mamlakatimizda olib borilayotgan tarkibiy islohotlar asosiy yoʻnalishlarining “Yoʻl xaritasi” boʻyicha tizim oldida turgan asosiy vazifalar tanishtirildi, – deydi Sirdaryo viloyati iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi boshligʻi Shuhrat Xolboyev. – Xususan, 2030 yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar, raqamli iqtisodiyotga oʻtish masalalari va undan kutilayotgan natijalar, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash singari dolzarb mavzular boʻyicha mutaxassislarning maʼruzalari tinglandi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga investitsion loyihalarni kompleks ekspertiza qilishdagi yangicha yondashuv va talablar, yangi soliq siyosati natijasida narx barqarorligini taʼminlash masalalari ham aniq misollar hamda video materiallar orqali namoyish etildi.

Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi.