Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtisodiyot va sanoat vaziri: Kam ta’minlangan qatlamga e’tibor qaratish hukumat va davlatning asosiy vazifalaridan biri
14:21 / 2019-10-30

Chunki bu iste’mol savatchasi va yashash minimumi darajasi, aniqrog‘i, hayot kechirish minimum darajasi bilan bog‘liq.


– Xalq demokratik partiyasining qurultoyida iste’mol savatchasi, yashash minimumi bilan bog‘liq qonunlar qabul qilish haqida gapirildi. Mening bir taklifim bor. Qonunlar emas, bitta qonun qabul qilsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki bu iste’mol savatchasi va yashash minimumi darajasi, aniqrog‘i, hayot kechirish minimum darajasi bilan bog‘liq. Bu ikkita ko‘rsatkich o‘zaro bog‘liqdir. Demak, avvalo savatchaning hisob-kitobini chiqarish va shuning asosida yashash minimumi shakllantiriladi.

Xalqaro tajribada, ya’ni MDHda bu asosan qo‘llanadigan mexanizm. Misol uchun, Rossiya Federatsiyasida 2019 yildan boshlab eng kam ish haqi bilan yashash minimumi tenglashtirilgan. Qozog‘istonda esa oxirgi 9 oylik ma’lumotlarga ko‘ra, koifitsienti 1,27 foizni tashkil qilmoqda. Bularning barchasi iqtisodiyotning tarkibidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Nega O‘zbekistonda hali hanuz ushbu tartib joriy etilmagan, degan haqli savol tug‘iladi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi iqtisodiyotni kengaytirishdan iborat. Xo‘sh, bu jarayon qachongacha davom etadi, desangiz, hamyurtlarimizni to‘liq doimiy ish joyiga ega bo‘lishini ta’minlash darajasiga yetganda, deb javob beraman. Bunga albatta bir necha yil talab etiladi. Bizning boshqa mamlakatlarga qaraganda o‘zimizga xos jihatlarimiz bor. Uning ijobiy tomonlari va murakkabliklari ham mavjud, albatta.

Murakkab ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida kam ta’minlangan aholi qatlamiga e’tibor berish hukumat va davlatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun yashash minimumi va iste’mol savatchasining uslubi ishlab chiqildi. Ayni paytda Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida sinov rejimida amalga oshirilmoqda. Shu orqali qonun yaratishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik, haqiqiy ahvolni yaxshiroq o‘rganish imkoni yuzaga keladi.