Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtisodiyot va moliya vazirligi – tanlov g‘olibi
12:38 / 2023-12-26

Yaqin poytaxtimizda "Yil ayoli" va "Gender tenglik faoli" milliy tanlovlari bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirlik, davlat idoralari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi. 

Tanlovda Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol respublika darajasidagi davlat organi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi. 

Jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni keng targ‘ib qilish va jamoatchilikka yetkazish maqsadida har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi tashkil etiladi. 

Shuni alohida ta’kidlash joizki, vazirlik hozirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “Davlat muassasalari uchun gender tenglik nishoni” global dasturida ishtirok etmoqda. 

Bu yo‘nalishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi va BMTTD bilan birgalikda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu yil vazirlik respublikada birinchilardan bo‘lib, davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati doirasida o‘tkazilishi belgilangan “Genderga oid audit”dan o‘tkazildi. 

Aytish joizki, bu kabi tanlovlar barcha tashkilotlar faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

N. Ziyodullayeva, O‘zA