Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtisodiyot taraqqiyotida bojxonachilarning munosib hissasi bor
14:12 / 2026-01-26

26 yanvar –O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni

Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi 2025 yilda byudjetga tushumni rejadagi 3,67 trillion so‘m o‘rniga 3,85 trillion so‘m etib bajardi. O‘tgan yil bilan taqqoslanganda 458,7 milliard so‘m (13,5 foiz) o‘sish kuzatildi.

– Yurtimizda tadbirkorlik sub’ektlarini faol qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar ularning bojxona bilan bog‘liq faoliyatida ham o‘z aksini topmoqda, – deydi Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi mas’ul xodimi G‘ayrat Sattorov. – Birgina 2025 yilda tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bojxona to‘lovlaridan 2,98 trillion so‘mga yaqin imtiyoz va tarif preferensiyalari qo‘llanildi. Shu bilan birga, bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash tartiblari soddalashtirilishi natijasida tadbirkorlar o‘tgan yili 615,6 milliard so‘m miqdoridagi bojxona to‘lovlarini to‘lashda bu imkoniyatdan foydalandi.

2025 yilda viloyat bojxona boshqarmasida tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tomonidan eksport 1 milliard 200,1 million AQSH dollarni tashkil etib, 2024 yilga nisbatan 302,5 million dollar (33,7 foiz)ga ko‘paygan. Umumiy eksportning 36 foizi (433,7 million AQSH dollari)ni meva-sabzavot mahsulotlari tashkil etdi.

O‘tgan yili “Samarqand aeroporti” chegara bojxona posti orqali harakatlangan yo‘lovchilar soni  2024 yilga nisbatan 150 ming nafarga ko‘payib, 1 million 510 ming nafardan oshdi. “Jartepa” chegara bojxona posti orqali harakatlangan yo‘lovchilar soni ham 2024 yilga nisbatan qariyb 143 ming nafarga ko‘paydi, avtotransport vositalari esa 137 mingtani tashkil etdi.

Samarqandlik bojxonachilar tomonidan 2025 yilda aniqlangan 2044 ta qonunga zid holatda jami 59 milliard 957,65 million so‘mlik tovar va transport vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Buning natijasida 1094 ta ma’muriy va 59 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri